BMT Rossiyaga qarshi rezolyutsiyani qabul qildi

Olam

image

BMT Bosh Assambleyasi Rossiya bilan urush oqibatida Ukrainaga yetkazilgan zararlar reyestrini yaratish, shuningdek, Kiyevga tovon to‘lash mexanizmini shakllantirish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi. 

“Ukrainaga qarshi tajovuz munosabati bilan huquqbuzarliklarni bartaraf etish va tovon to‘lash to‘g‘risida”gi hujjatga 94 davlat ovoz berdi, 14 davlat qarshi bo‘ldi, 73 davlat betaraf qoldi. 

Belarus, Markaziy Afrika Respublikasi, Xitoy, Kuba, Shimoliy Koreya, Eritreya, Efiopiya, Eron, Mali, Nikaragua, Rossiya, Suriya, Zimbabve qarshi ovoz bergan. 

Rezolyutsiya Ukraina bilan hamkorlikda Rossiya Federatsiyasining Ukrainadagi yoki Ukrainaga qarshi xalqaro huquqbuzarliklari oqibatida yetkazilgan zarar, yo‘qotish yoki zararni qoplash uchun xalqaro mexanizm yaratish zarurligini tan oladi. 

Hujjatda davlatlarga urush oqibatida jismoniy va yuridik shaxslarga, shuningdek, Ukraina davlatiga yetkazilgan zarar, yo‘qotish yoki jarohatlar to‘g‘risidagi dalillar va ma’lumotlarni hujjatlashtirish uchun bunday yo‘qotishlarning xalqaro reyestrini yaratish bo‘yicha tavsiyalar mavjud. 

Rezolyutsiya, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti davlatlarining Ukraina suvereniteti, mustaqilligi, birligi va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlash pozitsiyasini yana bir bor tasdiqlab, Rossiyadan kuch ishlatishni zudlik bilan to‘xtatishni va Ukraina hududidan o‘zining xalqaro tan olingan chegaralari doirasida barcha qurolli kuchlarini to‘liq va so‘zsiz olib chiqib ketishni talab qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

BMT

Baholaganlar

431

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing