BMT pasportiga ega chet elliklar uchun vizasiz rejim belgilandi
Jamiyat
−
25 dekabr 2019
4051Avvalroq, diplomatik pasportga ega O‘zbekiston va Hindiston fuqarolariga vizasiz rejim joriy etilgani haqida xabar bergan edik.
Endi esa BMTning biometrik hujjatiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari uchun O‘zbekistonga kirishda vizasiz rejim belgilandi. Bu haqda Prezident Farmonida keltirib o‘tildi.
Farmonga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan boshlab BMTning biometrik hujjatiga (qizil rangli Laissez-Passer pasporti) ega bo‘lgan chet el fuqarolari uchun O‘zbekiston hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilandi.
Shuningdek, Farmonga ko‘ra:
• BMTning biometrik hujjatiga (moviy rangli Laissez-Passer pasporti) ega bo‘lgan chet el fuqarolari uchun O‘zbekistonga kirish vizalari O‘zbekistondagi taklif qiluvchi tomonning xati asosida 2 ish kuni ichida Tashqi ishlar vazirligi tomonidan rasmiylashtiriladi;
• BMTning biometrik hujjatlariga (qizil yoki moviy rangli Laissez-Passer pasporti) ega bo‘lgan va O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan chet el fuqarolarida bir vaqtning o‘zida amal qilish muddati mazkur hujjatlarning amal qilish muddatidan kam bo‘lmagan milliy pasporti (harakatlanish hujjati) bo‘lishi lozim.