BMT pandemiyadan so‘ng turizm qachon tiklanishini ma’lum qildi
Olam
−
19 may 2021
4900Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon sayyohlik tashkiloti Bosh kotibi Zurab Pololikashvili koronavirus pandemiyasidan so‘ng turizmning tiklanish vaqtini bashorat qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, moliyaviy zararni qoplash to‘rt yilga cho‘zilishi mumkin.
Uning ta’kidlashicha, o‘tgan yilda xalqaro turistik sayohatlar soni 74 foizga kamaygan. Karantin cheklovlari tufayli xalqaro turistik oqim 2019 yilga nisbatan bir milliard sayohatga kamaygan.
Pololikashviliga ko‘ra, epidemiya, shuningdek, turizm sohasida faoliyat yurituvchi 100 dan 120 milliongacha kishini ish joylaridan mahrum qilgan.
Pololikashvilining ta’kidlashicha, koronavirusning ta’siri joriy yilda ham davom etmoqda, chunki yangi shtammlarning kashf etilishi butun dunyoda yangi cheklovlarni joriy etishga turtki beradi.
BMT Jahon sayyohlik tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda sayyohlar soni 22-55 foizga ko‘payishi kutilmoqda.
LiveBarchasi