BMT pandemiya sabab qancha davlatda ocharchilik kuzatilishini ma’lum qildi

Olam

image

Agar koronavirus pandemiyasi fonida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash choralari ko‘rilmasa, ommaviy ochlik dunyoga tahdid soladi. Bunda 30 ga yaqin mamlakatda qattiq ocharchilik kuzatilishi ehtimoli katta. Bu haqda, kecha 21 aprel kuni BMT qoshidagi Jahon oziq-ovqat dasturining ijrochi direktori Devid Bizli ma’lum qildi.

“Ommaviy ochlik bo‘lmayotgan bo‘lsa-da, ammo hozir oziq-ovqat bilan ta’minlanish, moliya va savdodagi uzilishlarga qarshi choralar ko‘rish zarur. Aks holda, bir necha oy ichida ba’zi mamlakatlarda qattiq ocharchilik yuzaga kelishi mumkin“, deydi Devid Bizli.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mojaroviy hududlarda yashovchi millionlab odamlar ochlik yoqasida turibdi. Har kuni 821 million kishi surunkali ochlikdan azob chekmoqda, yana 135 million kishi ochlik xavfi ostida yashamoqda.

“Eng yomon vaziyatda 30 ga yaqin mamlakatda ocharchilik yuzaga keladi“, deydi Bizli.

Uning qo‘shimcha qilishicha, pandemiyasiz ham o‘nlab mamlakatda millionlab odam allaqachon ochlikdan aziyat chekmoqda. Bular asosan harbiy mojarolar bo‘layotgan davlatlardir.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirus bilan bog‘liq 2 580 729 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 693 093 nafari sog‘aygan, 178 371 nafari esa vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

BMT Pademiya Ocharchilik

Baholaganlar

231

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing