BMT Rossiyaning Odessa portiga uyushtirgan hujumiga munosabat bildirdi
Olam
−
23 iyul 2022
13960BMT bugun, 23 iyul kuni Ukrainaning Odessa dengiz portiga uyushtirilgan raketa hujumini so‘zsiz qoralaydi. Bu haqda tashkilot Bosh kotibining vakili Farxan Xakning bayonotida so‘z boradi.
Biroq BMT hujum va kelishuvning buzilishi uchun javobgar Rossiya ekanini aytgan.
“Kecha barcha tomonlar Ukraina g‘allasi va unga oid mahsulotlarning jahon bozorlariga xavfsiz chiqarilishini ta’minlash bo‘yicha jahon sahnasida aniq majburiyatlarni oldilar. Bu mahsulotlar global oziq-ovqat inqirozini yengish va butun dunyo bo‘ylab muhtoj millionlab insonlar azobini yengillashtirish uchun zarurdir. Rossiya Federatsiyasi, Ukraina va Turkiya tomonidan to‘liq bajarilishi majburiydir”, deyiladi BMT bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina Qurolli Kuchlarining “Janub” operativ qo‘mondonligi 23 iyul kuni ertalab Rossiya harbiylari Odessa dengiz savdo portiga “Kalibr” raketalari bilan hujum uyushtirgani haqida xabar berdi.
Ukraina TIV hujumga munosabat bildirib, Rossiya raketasi Vladimir Putinning BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish va Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning yuziga tupurishidir, deb baholadi.
Ma’lumot uchun, 22 iyul kuni Turkiyaning Istanbul shahrida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Turkiya Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar va Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu ishtirokida “Don yo‘lagi” hujjati imzolandi. Istanbulda tuzilgan shartnomalar Odessa, Chernomorsk va Yujniy portlaridan don eksportini boshlashni nazarda tutadi.
LiveBarchasi