BMT natsizmga qarshi kurash bo‘yicha Rossiya rezolyutsiyasini qabul qildi

Olam

image

Kecha, 19 dekabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi natsizmni ulug‘lashga qarshi kurash bo‘yicha Rossiya rezolyutsiyasini qabul qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi

Hujjatga 118 davlat ovoz berdi, 49 davlat qarshi chiqdi va 14 davlat betaraf qoldi. Rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlaganlar orasida Rossiya, Xitoy va Isroil ham bor. AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Ukraina, Fransiya, Kanada, Avstraliya, Avstriya, Albaniya, Belgiya, Estoniya, Chexiya, Finlyandiya, Gruziya, Vengriya, Irlandiya, Latviya, Litva, Chernogoriya, Niderlandiya, Norvegiya, Polsha, Moldova, Sloveniya, Ispaniya, Shvetsiya va boshqalar bunga qarshi chiqdi. Qaror Bosh Assambleyaning Uchinchi qo‘mitasi tomonidan ma’qullangan.

Hujjatda mamlakatlarga ikkinchi jahon urushi tarixi va natijalarini qayta ko‘rib chiqish, insoniyatga qarshi jinoyatlarni inkor etishning oldini olish va inson huquqlari bo‘yicha xalqaro majburiyatlarga muvofiq, qonunchilik va ta’lim sohasida tegishli aniq choralar ko‘rish tavsiya etilgan.

Rezolyutsiya mualliflari natsizmni ulug‘lash va targ‘ib qilish bilan bog‘liq hodisalarni, masalan, natsistlarni qo‘llab-quvvatlovchi mazmundagi graffit va rasmlar chizishni keskin qoraladi.

Hujjat davlatlarni irqiy kamsitishning barcha vositalarini qonunchilik asosida bartaraf etishga chaqiradi.

Bundan tashqari, rezolyutsiyada millati, dini yoki e’tiqodiga ko‘ra kamsitish, irqchilik, nafrat va zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi o‘quv materiallaridan foydalanish taqiqlanadi.

Avstraliya, Yaponiya va Ukrainaning talabiga binoan rezolyutsiya matniga Moskva Ukrainaga qarshi hududiy tajovuzini "neo-agressiyani yo‘q qilish bilan oqlashga intilayotgani" haqida tuzatish kiritilgan. Bunga Rossiya, Belarus, Xitoy, Suriya, Shimoliy Koreya va Misr qo‘shilmagan.

Moskvaning BMTdagi doimiy vakili o‘rinbosari Mariya Zabolotskayaning aytishicha, BMT Bosh Assambleyasida Rossiyaning natsizmni ulug‘lashga qarshi kurash bo‘yicha yillik rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatlash kuchayib bormoqda. G‘arb davlatlari esa uzoq vaqtdan beri bunga qarshi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Rossiya Buyuk Britaniya Xitoy BMT Isroil RIA Novosti Rossiya rezolyutsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing