BMT Liviya masalasida yangi rezolyutsiyani qabul qildi. Xitoy va Rossiya qarshi chiqdi

Olam

image

BMT Xavfsizlik Kengashi Liviyadagi qurol-aslaha embargosiga rioya qilishni va Shimoliy Afrika mamlakatidan chet ellik yollanma askarlarni olib chiqishni talab qiluvchi rezolyutsiyani qabul qildi. 

Rossiya va Xitoy ovoz berishda betaraf qoldi. 

Bundan tashqari, BMT Xavfsizlik Kengashi BMTning Liviyadagi qo‘llab-quvvatlash missiyasi (UNSMIL) vakolatini 2021 yil 15 sentyabrgacha uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. 

Amerika Qo‘shma Shtatlarining talabiga binoan, BMT Xavfsizlik Kengashi UNSMIL missiyasini ikki qismga bo‘lish, siyosiy jarayonni rivojlantirish uchun maxsus vakil, shuningdek, BMT missiyasi uchun koordinator tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. 

BMT Xavfsizlik Kengashi, shuningdek, Liviya mojaro zonasida sulhni saqlashga chaqirdi. 

BMTdagi diplomatik manbalar bolgariyalik diplomat Nikolay Mladenov BMTning Liviyadagi maxsus vakili lavozimini egallashi mumkinligi haqida xabar berishmoqda. 

Ayni paytda Mladenov BMTning Yaqin Sharqdagi tinchlik jarayoni bo‘yicha maxsus koordinatori lavozimini egallab turibdi. 

Liviyadagi BMT maxsus vakili lavozimi Hasan Selame iste’foga chiqqandan keyin 6 oy davomida bo‘sh qolayotgan edi. 

Gana sobiq Tashqi ishlar vaziri Xanna Tettech hanuzgacha ushbu lavozimga da’vogarlik qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

BMT Liviya

Baholaganlar

114

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing