BMT koronavirusga qarshi global fond yaratadi
Olam
−
23 mart 2020
4101Birlashgan Millatlar Tashkiloti butun dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolashni qo‘llab-quvvatlash uchun jamg‘arma tashkil qiladi. Bu haqda bugun, 23 mart kuni Norvegiya Tashqi ishlar vaziri Ine Eriksen ma’lum qildi.
“BMT shafeligida donorlik fondi tashkil qilinadi. Bu fond koronavirusga qarshi kurashishda qilinayotgan sa’y-harakatlarni yanada samaraliroq bo‘lishiga yordam beradi” deydi Ine Eriksen.
Ta’kidlanishicha, jamg‘armaning maqsadi sog‘liqni saqlash tizimi zaif hamda rivojlanayotgan mamlakatlarga inqirozni hal etishda yordam berish, shuningdek, ushbu kasallik keltirib chiqaradigan oqibatlarni bartaraf etishdir. Jamg‘arma 2014 yilda Ebola bilan kurashish uchun tashkil etilgan va faoliyati juda muvaffaqiyatli bo‘lgan boshqa fond misolida yaratilmoqda.
Ma’lumot uchun, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti joriy yilning 11 mart kuni koronavirus kasalligini pandemiya deb e’lon qildi. Hozirgacha ushbu virus dunyoning 192 mamlakatida aniqlangan. Kasallik dunyo bo‘yicha 340 066 nafar odamda qayd qilingan. Ularning 14 704 nafari vafot etgan, 99 016 nafari esa ushbu kasallikdan forig‘ bo‘lgan. Hozirda kasallik yuqtirgan 226 346 nafar odam karantinda yoki shifoxonada davolanmoqda. Ularning 215 787 nafari yoki 95 foizi ahvoli qoniqarli, 10 559 nafari esa og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi