BMT XK Rossiyaning Ukraina va AQSHga qarshi rezolyutsiyasini qabul qilmadi
Olam
−
03 noyabr 2022
3338Kecha, 2 noyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Xavfsizlik kengashi (XK) Ukrainadagi Amerika biologik laboratoriyalari faoliyatini tekshirish uchun Xavfsizlik kengashi komissiyasini tuzishni nazarda tutuvchi Rossiya rezolyutsiyasi loyihasini qabul qilmadi.
Hujjatni Rossiya va Xitoy yoqlab, Britaniya, AQSH va Fratsiya esa qarshi ovoz berdi. Xavfsizlik kengashining qolgan a’zolari – Albaniya, Gabon, Gana, Hindiston, Irlandiya, Keniya, Meksika, Norvegiya va Birlashgan Arab Amirliklari betaraf qoldi.
Hujjatda BMT Xavfsizlik Kengashiga Ukraina hududida bakteriologik va zaharli qurollarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish va to‘plashni taqiqlash hamda biologik laboratoriyalar faoliyati doirasida ularni yo‘q qilish to‘g‘risidagi konvensiya bo‘yicha majburiyatlarga rioya qilish to‘g‘risidagi Rossiya shikoyatida AQSH va Ukrainaga qo‘yilgan da’volarni tekshirish, shuningdek, 2022 yil 30 noyabrga qadar tavsiyalar bilan kengashga hisobot taqdim etish va 28 noyabrdan 16 dekabrgacha Jenevada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan To‘qqizinchi ko‘rib chiqish konferensiyasi davomidagi tekshiruv natijalari to‘g‘risida konvensiya ishtirokchi-davlatlarini xabardor qilish bo‘yicha XKning barcha a’zolaridan iborat komissiya tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilish taklif qilingan.
Rossiya Federatsiyasining BMTdagi doimiy vakilining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Polyanskiyning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb delegatsiyalari rezolyutsiya loyihasi bo‘yicha muzokaralar jarayoniga haqiqatda sabotaj qilgan.
LiveBarchasi