BMT xavotirda!

Olam

image
0:00
0:00
download

Birlashgan Millatlar Tashkiloti dunyoda yadro qurolidan foydalanish xavfi oshib borayotgani haqida ogohlantirdi. Bu haqda BMT bosh kotibining o‘rinbosari va qurolsizlanish masalalari bo‘yicha oliy vakili Izumi Nakamitsu Karnegi fondining videokonferensiyasida aytib o‘tdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, yadro qurolini qasddan yoki noto‘g‘ri hisoblash yo‘li bilan ishlatish xavfi Sovuq urushdan keyingi eng yuqori natijani ko‘rsatmoqda.

Nakamitsuning ta’kidlashicha, BMT ushbu vaziyatdan xavotirda. Mavjud vaziyatning sabablari qatorida Nakamitsu ko‘p qutbli yadroviy tartibni qurish, mintaqaviy keskinlik va qurollanish poygasini sanab o‘tdi. 

"Biz diplomatik muloqot yetishmovchiligiga, shaffoflikning pasayishiga guvoh bo‘lyapmiz. Qurollarni nazorat qilish rejimi qulayapti", deya qo‘shimcha qildi u. 

Qayd qilinishicha, iyun oyining boshida BMT bosh kotibi Rossiya va AQSHning yadroviy qurollarini qisqartirish to‘g‘risida kelishib olishga chaqirgan. 

"Men ikki mamlakatni ham yadroviy qurollarini qisqartirish bo‘yicha muzokaralar olib borish va paydo bo‘layotgan muammolarga yechim topish uchun yangi kelishuvlarni ishlab chiqishga chaqiraman", degan BMT bosh kotibi. 

Eslatib o‘tamiz, Stokgolm tinchlik tadqiqotlari instituti (SIPRI) 2021 yil boshiga kelib butun dunyoda jangovar kallaklar ko‘paygani haqida xabar bergan edi.  

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish joizki, butun dunyoda yadro quroliga ega mamlakatlar ushbu turdagi qurolga 2020 yilda 76,6 milliard dollar sarflagan. Agar hisoblaydigan bo‘lsak, ushbu mamlakatlar yadro quroli uchun har daqiqada 137 666 dollar sarflagan.

 

Diyora Abdurahmonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

BMT

Baholaganlar

292

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing