BMT Xavfsizlik kengashiga raislik Fransiyaga o‘tdi
Olam
−
03 yanvar
2758BMT Xavfsizlik Kengashiga raislik Ekvadordan Fransiyaga o‘tdi. Bu haqda Fransiyaning BMTdagi doimiy vakili Nikolya de River jurnalistlar bilan uchrashuvida ma’lum qildi.
Vakil Yaqin Sharqda davom etayotgan urush Vazirlar Kengashining kun tartibida bo‘lishini aytdi. U, shuningdek, BMT Xavfsizlik Kengashida Ukraina, Suriya, Liviya va Yamandagi mojarolar bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkazilishini ta’kidlagan.
“Oy davomida muammoli mojaro hududlari bizning kun tartibimizda bo‘ladi. Rossiyaning Ukrainaga hujumlari so‘nggi paytlarda kuchaydi va Ukrainadagi vaziyat kundan-kunga og‘irlashmoqda. Afsuski, Rossiya aholi gavjum hududlar, shifoxonalar, turar-joy markazlarini nishonga olib, tinch aholiga hujum qilmoqda. Mojarolarda tinch aholi qurbon bo‘lmasligi kerak”, degan u.
Diplomat, shuningdek, G‘azodagi vaziyatdan xavotirda ekanini bildirdi:
“Boshqa tomondan, biz G‘azodagi mojarodan juda xavotirdamiz, mintaqada xalqaro huquq normalari buzilmoqda”, deya aytib o‘tgan u.
Shuningdek, de River mojaroni hal qilishda tomonlarning birgalikdagi sa’y-harakatlarini oshirishga harakat qilishini bildirgan. Fransiya Xavfsizlik kengashiga raislik qiladigan to‘rt hafta davomida katta natijalarga erisha olmasligini ochiq tan olgan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning dekabr oyi oxirlarida BMT Xavfsizlik Kengashi Rossiyaning Ukrainaga qattiq hujumini qoralab chiqqan edi.
LiveBarchasi