BMT “Katta beshlik”iga vetoni asoslash majburiyati yuklandi

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi kecha, 26 aprel kuni Xavfsizlik Kengashining besh nafar doimiy a’zosi veto huquqidan foydalangan taqdirda, buni qarorni isbotlashni talab qiluvchi rezolyutsiyani qabul qildi. 

“Hujjat konsensus yo‘li bilan, ya’ni ovoz berishsiz qabul qilindi”, degan BMT Bosh Assambleyasi raisi Abdulla Shahid. 

Ta’kidlanishicha, rezolyutsiya BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari bo‘lgan Rossiya, Xitoy, AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiyaning veto huquqini bekor qilmaydi yoki cheklamaydi. Shu bilan birga, hujjatga muvofiq, Xavfsizlik Kengashida veto huquqi doimiy a’zolardan birortasi tomonidan amalga oshirilgan taqdirda, veto qo‘yilgan masala bo‘yicha 10 ish kuni ichida Bosh Assambleya yig‘ilishi chaqiriladi. 

Lixtenshteyn tomonidan ilgari surilgan tashabbus BMT Bosh Assambleyasiga taqdim etilishidan oldin ham yuzga yaqin davlat, jumladan AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiya tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. 

Lixtenshteynning BMTdagi doimiy vakili Kristian Venaveyzerning aytishicha, bu chora “veto huquqiga ega bo‘lmagan va Xavfsizlik Kengashiga a’zo bo‘lmagan barcha shaxslarning xalqaro tinchlik va xavfsizlik masalalari bo‘yicha ovozi eshitilishini ta’minlashga qaratilgan”.


Maqola muallifi

Teglar

BMT veto

Baholaganlar

260

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing