BMT Isroilning Yamanga hujumidan qattiq xavotirda
Olam
−
22 iyul
3823BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Isroilning Yamanga hujumidan chuqur xavotir bildirdi. Bu haqda xalqaro tashkilot matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan Bosh kotib bayonotida so‘z boradi.
Yamanning Hodeyda shahriga 6 kishining hayotiga zomin bo‘lgan va 80 dan ortiq odam yaralangan hujumdan so‘ng, Guterrish tomonlarni o‘zini tiyishga chaqirdi. Uning qayd etishicha, Isroil 20 iyul kuni elektr infratuzilmasiga zarar yetkazgan va neftni qayta ishlash zavodida katta yong‘in kelib chiqqan hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan.
BMT Bosh kotibining ta’kidlashicha, bunday hujumlar keskinlikni kuchaytirish xavfi bor.
Eslatib o‘tamiz, 20 iyul kuni kechqurun Isroil Qizil dengiz sohilida joylashgan Xodeyda portiga havo hujumi uyushtirilgandi. Yaman rasmiylarining aytishicha, hujum oqibatida olti kishi halok bo‘lgan, 80 dan ortiq kishi jarohatlangan.
LiveBarchasi