Isroil Yamanga hujum boshladi (video)

Olam

image

Bugun, 20 iyul kuni Isroil qo‘shinlari AQSH hamda Buyuk Britaniya bilan birgalikda Yamanning Xodeyda port shahridagi yoqilg‘i omborlariga hujum qildi. Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari xabar berdi. 

Isroil harbiy samolyotlari Yamanning Xodeyda shahridagi husiylarning pozitsiyalariga havo hujumlari uyushtirgan.

“Bu husiylarning Tel-Avivdagi Qo‘shma Shtatlar elchixonasi yaqinida sodir qilgan portlashdan bir kun o‘tib ro‘y berdi”, degan AQSH rasmiylaridan biri.

Elchixona yaqinidagi uchuvchisiz uchish apparatlari bilan amalga oshirilgan portlashda bir kishi halok bo‘ldi, bir necha kishi jarohatlandi. Yaman husiylari esa yangi portlovchi dron ishlatganini aytib, hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.

Yamandagi husiylar harakati tomonidan boshqariladigan “Almasirah” nashri o‘zining rasmiy manbalariga tayanib, bugungi zarbalar Xodeyda portidagi neftni qayta ishlash zavodlariga qaratilganini ma’lum qildi. Nashr dastlab zarbalar AQSH va Britaniya kuchlari tomonidan amalga oshirilganini yozdi, ammo keyinroq AQSH va Buyuk Britaniya kuchlari haqidagi havolani o‘chirib tashladi.

“Al Arabiya” xabariga ko‘ra, Isroilning 12 ta samolyoti, jumladan F-35 ham Xodeyda portini nishonga olgan.

Isroil mudofaa vazirligi ham hodisani tasdiqladi.

“Mamlakatning qiruvchi samolyotlari so‘nggi oylarda Isroilga qarshi amalga oshirilgan yuzlab hujumlarga javoban Yamanning Xodeyda porti hududida husiylar terroristik rejimining harbiy nishonlariga zarba berdi”, deyilgan vazirlik xabarida.

Husiylar ham qarshi hujumga o‘tishini bildirgan. Harakat rahbari raketalarni tutib olishga uringan har qanday arab davlati husiylar harakatining nishoniga aylanishidan ogohlantirgan.

“Isroilning Xodeydaga qarshi tajovuziga javob beriladi va biz bundan qanoatlanmaymiz”, deyilgan munosabatda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH va Britaniya Yaman hududiga zarba bergandi. Shuningdek, Yaman husiylari Qizil dengizda neft tankeriga hujum qilgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Isroil Yaman

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made