BMT Isroil turkiyalik jurnalistlarni o‘qqa tutganini qoraladi
Olam
−
13 aprel
2445Birlashgan Millatlar Tashkiloti matbuot kotibi Stefan Dyujarrik Isroilning TRT televideniyesi guruhiga uyushtirgan hujumi G‘azoda jurnalistlar duch kelayotgan xavf-xatarlarni ifoda etishini bildirdi va voqea yuzasidan shaffof hamda ishonchli tergov o‘tkazilishiga chaqirdi.
Voqea haqida hozircha batafsil ma’lumotga ega emasligini aytgan diplomat shunday deydi:
“Bu holat jurnalistlarning G‘azoda qanday xavf-xatarlarga duch kelayotganini yaqqol ko‘rsatmoqda. Bu hodisa boshqalari kabi shaffof va ishonchli tarzda tekshirilishi kerak”, deydi u.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 12 aprel kuni Turkiyaning TRT (TRT Arabi) telekanalining arab xizmatining suratga olish guruhi G‘azo sektorida o‘qqa tutildi. Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, hujum Isroil armiyasi tomonidan amalga oshirilgan. Sektorning markaziy qismidagi Nuseyrat qochqinlar lageri hududida jurnalistlar efirga chiqish uchun ketayotgan mashina o‘qqa tutildi. Operator Sami Shahada jiddiy jarohat oldi. Uning oyog‘ini kesish kerakligi aytilmoqda. Operatorning ahvoli og‘irligicha qolmoqda va uning hayotiga tahdid bor. Telekanal muxbiri Sami Berxum jabrlanmagan.
LiveBarchasi