BMT insoniyatga xavf solayotgan bosh tahdidni ma’lum qildi

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrishning fikricha, yangi koronavirus infeksiyasi ayni vaqtda dunyodagi xavfsizlikka asosiy tahdid hisoblanadi. Bu haqda Bosh kotib Bosh Assambleya yig‘ilishida aytib o‘tgan.

“COVID-19 pandemiyasi bu – hayotimizdagi hech bir inqirozga o‘xshamaydigan inqiroz va bu yil Bosh Assambleya sessiyasi ham boshqalariga o‘xshamayidan bo‘ladi”, degan Bosh kotib.

Antoniu Guterrish pandemiya qurbonlari tez orada million nafarga yetishini ta’kidlab, vaksinaga umid qilish to‘g‘ri emasligini, u inqirozning yo‘lini to‘solmasligini qo‘shimcha qilgan.

Shu bilan birga, Bosh kotib epidemiya bilan kurashda yordam beradigan vositalar ro‘yxatini kengaytirishga chaqirdi.

Guterrishning so‘zlariga ko‘ra, shu sababdan u 22 sentyabr kuni xalqaro hamjamiyatni yil oxirigacha umumiy o‘t ochishni to‘xtatish rejimini o‘rnatishga chaqirmoqchi.

Ma’lumot uchun, bu yil BMT Bosh Assambleyasi sessiyasi koronavirus pandemiyasi sabab videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

BMT pandemiya

Baholaganlar

448

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing