BMT falastinliklarga jinsiy zo‘ravonlik urchiganidan xavotirda
Olam
−
12 mart
7286Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining mojarolarda jinsiy zo‘ravonlik bo‘yicha maxsus vakili Pramila Patten BMT Xavfsizlik Kengashiga 2024 yil 29 yanvardan 14 fevralgacha Isroil va G‘arbiy Sohilga qilgan safari haqida umumiy ma’lumot berdi.
Tashrifdan maqsad mojarolar bilan bog‘liq jinsiy zo‘ravonlik haqidagi xabarlarni to‘plash, tahlil qilish va tekshirish edi.
Patten, Ramallohga tashrifiga to‘xtalar ekan, BMT agentliklari vakillaridan ma’lumot olganini va bu ma’lumotlar aprel oyida Xavfsizlik Kengashiga taqdim etiladigan hisobotiga kiritilishini aytdi.
“Bosqin ostidagi G‘arbiy Sohilda men G‘azo sektorida davom etayotgan fojiadan qo‘rqib, qattiq bezovta bo‘lgan ayollar va erkaklarning katta qo‘rquvi va ishonchsizligiga guvoh bo‘ldim”, deydi u.
Pattenning so‘zlariga ko‘ra, uning G‘arbiy Sohildagi suhbatdoshlari falastinliklarga nisbatan da’vo qilingan huquqbuzarliklar haqida tashvish bildirgan. Bular – tanani tintuv qilish, istalmagan teginish, shu jumladan jinsiy a’zolarga, kaltaklash, ayollarga nisbatan zo‘rlash bilan tahdid qilish va mahbuslarni yechinishga majburlash holatlari.
Maxsus vakil bu masalani Isroil rasmiylari bilan muhokama qilgan, uning so‘zlariga ko‘ra, ular da’vo qilingan qonunbuzarliklarni tekshirishga tayyorligini bildirgan.
“Biz siyosiy qat’iyatni davom etayotgan zo‘ravonlik sharoitida juda muhim bo‘lgan tezkor javoblarga aylantirishimiz kerak”, deydi u.
LiveBarchasi