BMT Ebola epidemiyasiga qarshi kurash uchun mablag‘ ajratadi 

Olam

image

Birlashgan millatlar tashkiloti Ebola epidemiyasiga qarshi kurash uchun mablag‘ ajratadi. Bu haqda BMT Bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik ma’lum qilgan. 

Unga ko‘ra, BMT Bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Mark Loukok Gvineya va Kongo Demokratik Respublikasiga 15 million dollar ajratilishini ma’lum qilgan. 

Dyujarrikning ta’kidlashicha, mablag‘ Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish markaziy jamg‘armasi orqali beriladi. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, ushbu mablag‘ mamlakatlarga o‘z hududlarida epidemiya xavfini kamaytirish uchun yordam beradi. 

Ma’lumot o‘rnida, Gvineya Hukumati joriy yilning 14 fevral kuni mamlakatda Ebola bezgagi epidemiyasi boshlanganini e’lon qilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Ebola epidemiyasi

Baholaganlar

14

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar