BMT “don yo‘lagi” harbiy maqsadda foydalanilganini tekshirmoqchi
Olam
−
31 Oktabr 2022
7188Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonlar bilan birgalikda Sevastopoldagi rus harbiy kemalariga qilingan hujum va don eksporti shartnomalaridan harbiy maqsadlarda foydalanish ehtimolini tekshirishga tayyor. Bu haqda bugun, 31 oktyabr kuni BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida Butunjahon gumanitar tashkiloti bosh kotibi o‘rinbosari Martin Griffits ma’lum qildi.
“Qora dengiz tashabbusi”dan harbiy amaliyotlarda ustunlikka erishish uchun foydalanish jiddiy qoidabuzarlik bo‘ladi. BMT tomonlarga ushbu noyob kelishuvni amalga oshirishda yordam berishga majburdir. BMT kotibiyati kelishuvda ishtirok etuvchi davlatlar bilan birgalikda taqdim etilgan barcha dalillarni, agar bunday so‘rov bo‘lsa, tekshirishga tayyor”, deydi u.
BMT buni harbiy ustunlikka erishish uchun don bitimini suiiste’mol qilish deb hisoblaydi, deydi BMT vakili.
“Qora dengiz g‘alla tashabbusi”dan u yoki bu tarzda harbiy ustunlikka erishish uchun foydalanish [kelishuvni] qo‘pol suiiste’mol qilish hisoblanadi”, deydi Griffits.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 oktyabr kuni Rossiya Mudofaa vazirligi anneksiya qilingan Sevastopoldagi Qora dengiz harbiy flotiga uyushtirilgan hujum munosabati bilan Ukrainadan oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilishga mo‘ljallangan kelishuvdagi faoliyatini to‘xtatishini ma’lum qilgan edi. Rasmiy Moskva hujum "don yo‘lagi"dan foydalangan holda uyushtirilganini ta’kidamoqda.
Ma’lumot uchun, 22 iyul kuni Istanbulda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ishtirokida Ukraina portlaridan g‘allani xavfsiz tashish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Hujjatni Ukraina, Rossiya, BMT va Turkiya vakillari imzoladi. Don shartnomasi Ukrainaning Odessa, Yujniy va Chernomorsk portlarini o‘z ichiga oladi.
Shartnoma muddati 19 noyabrda tugaydi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Turkiya avvalroq kelishuvni uzaytirishga chaqirgan edi.
Oktyabr oyida Qrim ko‘prigida portlash bo‘lishi ortidan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin don kelishuvi to‘xtatib qo‘yilishi mumkinligini aytgandi. U portlovchi uskuna don yo‘lagi orqali Qrimga olib kelingani tasdiqlansa, shunday qilinishini aytdi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15