BMT davlatlarni boylik solig‘i yig‘ishga chaqirdi 

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi Antoniu Guterrish koronavirus pandemiyasidan zarar ko‘rgan dunyodagi iqtisodiy vaziyatni yaxshilash uchun mamlakatlarni boylik solig‘i olishga chaqirdi.  

Uning ta’kidlashicha, bir yil ichida dunyodagi eng boy odamlarning boyligi 5 trillion dollarga o‘sgan. 

“Men hukumatlarni ijtimoiy va iqtisodiy tiklanishni moliyalashtirish uchun ushbu odamlarning, shuningdek, pandemiyadan foydalanganlarning boyliklariga birdamlik yoki boylik solig‘i qo‘yish masalasini ko‘rib chiqishga chaqiraman”, degan Guterrish. 

Bosh kotibning so‘zlariga ko‘ra, pandemiya tufayli dunyoda yuz millionlab odam qashshoqlik darajasiga tushib qolgan va butun davlatlar bankrotlik xavfiga duch kelmoqda. Shu bilan birga, Guterrish ta’kidlaganidek, dunyo aholisining yarmi zarur tibbiy xizmatlardan foydalanish huquqidan mahrum. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 iyun kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi Antoniu Guterrishni ikkinchi muddatga tashkilotning Bosh kotibi lavozimiga tayinlagandi.  

Ma’lumot o‘rnida, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 180 450 398 ga yetgan. 3 909 312 kishi kasallikdan vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

soliq BMT

Baholaganlar

74

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing