BMT Bosh ofisida 3 758 bolaga atalgan maktab sumkalaridan “qabriston” paydo bo‘ldi
Olam
−
11 sentabr 2019 12948 1 daqiqa
UNICEF xalqaro bolalar tashkiloti dunyo mamlakatlari rahbarlarining e’tiborini o‘tgan yili qurolli to‘qnashuvlar va urushlarda qurbon bo‘lgan 3 758 nafar bolalarga qaratdi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh ofisida maktab sumkalaridan iborat “ramziy qabriston” tashkil etildi. Yam-yashil maydonga 3 758 bolaga atalgan, havorang va UNICEF belgisi tushirilgan maktab sumkalari qo‘yib chiqildi.
“Ramziy qabriston” tashkil etilishining boisi shuki, sentyabr oyining oxirgi haftasida BMT Bosh ofisida tashkilotga a’zo davlatlar ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkaziladi. Bundan unumli foydalanib, UNICEF yana bir bor davlat rahbarlarining e’tiborini urush va qurolli to‘qnashuvlarda halok bo‘layotgan bolalarga qaratishni istagan.

“Har doim orzu va umidlarning ramzi bo‘lgan maktab sumkalari bu safar “qabr”ga aylandi. Biz bu bilan ayni vaqtda ham urush va qurolli to‘qnashuvlar hududida yashab kelayotgan bolalarga e’tibor qaratmoqchimiz”, deydi tashkilot direktori Genriyetta Xolsman Fore.
BMTning ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili 12 mingdan ortiq bolalar urush va qurolli to‘qnashuvlar o‘choqlarida qurbon bo‘lgan.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28