BMT Bosh kotibi dunyo aholisini yangi pandemiyadan ogohlantirdi

Salomatlik

image

Bir necha yil ichida dunyo yanada jiddiy pandemiyaga duch kelishi mumkin. Bu fikrni bugun, 15 sentyabr kuni BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish “Anadolu” agentligiga bergan intervyusida bildirgan. 

"Biz kelgusida epidemiyalar avj olishiga tayyor bo‘lishimiz kerak. Koronavirus pandemiyasi davrida dunyo birdamlik ko‘rsata olmaganiga guvoh bo‘ldik. Bir necha yildan so‘ng biz yanada jiddiyroq pandemiyaga duch kelishimiz mumkin. Bu dunyo va xalqaro hamjamiyat keskinlik, notinchlik va inqirozlarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan tengsizlik va tahdidlarga duch kelayotganini xalqlar anglab yetishi kerak bo‘lgan payt”, deydi u. 

Guterrishning so‘zlariga ko‘ra, pozitsiya va nuqtai nazarlar farqiga qaramay, xalqaro hamjamiyat sayyorani yo‘q qiladigan muammolarga qarshi birlashish yo‘lini topishi kerak. 

Ayni paytda, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus bir kun oldin dunyo "pandemiyani tugatish uchun hech qachon yaxshiroq holatda bo‘lmaganini" aytdi. Uning ta’kidlashicha, "[pandemiyaning] oxiri ko‘rinmoqda".


Maqola muallifi

Teglar

BMT Antoniu Guterrish

Baholaganlar

625

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing