Sovrindor sportchilarni Milliy gvardiya taqdirladi

Sport

image

Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida o‘tkazilgan boks bo‘yicha jahon chempionatida munosib ishtirok etib O‘zbekiston terma jamoasining umumjamoa hisobida g‘oliblikni qo‘lga kiritishida o‘zining beqiyos hissasini qo‘shgan bokschilar O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari Bahodir Jalolov va Bobo-Usmon Baturovlar hamda bir qator xalqaro musobaqalar g‘olibi Murodjon Axmadaliyev va Qozog‘iston Respublikasining Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tgan yunon-rum kurashi bo‘yicha jahon saralash musobaqasida "Tokio-2020" olimpiadasi yo‘llanmasiga ega bo‘lgan Elmurat Tasmuradovlarga O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonligi tomonidan navbatdagi harbiy unvon hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bokschilarni musobaqlarga tayyorlagan murabbiy Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi katta o‘qituvchisi Elshod Rasulov ham Milliy gvardiya qo‘mondonining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Harbiy unvonlar Boturov Ahmadaliev

Baholaganlar

66

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing