BMT Bosh kotibi AQSH qaroriga qarshi chiqdi

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Antoniu Guterrish kassetali o‘qlar bo‘yicha konvensiyani qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda kecha, 7 iyul kuni bo‘lib o‘tgan brifingda matbuot kotibi o‘rinbosari Guterrish Farxan Haq AQSH OAVlarining Vashington Kiyevni ushbu turdagi qurollar bilan ta’minlashi haqidagi xabarlariga izoh berar ekan. 

Haqning so‘zlariga ko‘ra, BMT Bosh kotibi jang maydonida kassetali o‘qlardan foydalanishga qarshi.

“Bosh kotib kassetali o‘qlarni taqiqlash to‘g‘risidagi konvensiyani qo‘llab-quvvatlaydi”, dedi Haq, uning 15 yil avval qabul qilinganini eslatib. Uning so‘zlariga ko‘ra, Guterrish mamlakatlar ushbu konvensiya qoidalariga rioya qilishlarini istaydi. 

“Tabiiyki, u kassetali o‘q-dorilar jang maydonida qo‘llanilishini istamaydi”, dedi Haq.

“The Washington Post” gazetasi AQSH yetakchisi Jo Bayden Ukrainaga kassetali o‘q-dorilar yetkazib berishni ma’qullaganini ma’lum qilgan edi. AQSH ma’muriyati Kiyevga dunyoning aksariyat mamlakatlarida taqiqlangan o‘q-dorilarni yetkazib berish bo‘yicha bir necha oylik muhokamalardan so‘ng shunday qarorga kelgan. Gazetaning yozishicha, gap birinchi marta 1987 yilda chiqarilgan M864 artilleriya snaryadlari haqida bormoqda. Ular AQSH va boshqa G‘arb davlatlari tomonidan Ukrainaga yetkazib berilgan 155 millimetrlik gaubitsalarni otish uchun ishlatiladi.

Bomba klasterlarida yuzlab individual o‘q-dorilar bo‘lishi mumkin, ular havoda portlatilganda o‘nlab kvadrat metr maydonga tarqaladi. Ulardan ba’zilari darhol yorilib ketmaydi va yerda yotib qolmoqda, bu esa mojaro tugaganidan keyin ham tinch aholi uchun xavf tug‘diradi. 2008 yilda kassetali bombalarni taqiqlash to‘g‘risidagi konvensiya qabul qilindi, unga 111 davlat qo‘shilgan, yana 12 davlat imzolagan, ammo hali ratifikatsiya qilmagan.

“Human Rights Watch” xalqaro inson huquqlari tashkiloti avvalroq, qoida tariqasida, portlamagan elementlar ulushi e’lon qilinganidan sezilarli darajada oshib ketishini, bu esa tinch aholi orasida qurbon bo‘lishiga olib kelishini ilgari surgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Antoniu Guterrish BMT Bosh kotibi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing