BMT Bosh Assambleyasining tarixiy sessiyasi boshlandi

Olam

image

Bugun, 21 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining yuqori darajadagi haftaligi ochiq, deya e’lon qilindi.

Minbardan assambleya raisi Volkan Bozkir va Bosh kotib Antoniu Guterrish joy olgan. Tadbir kirish va yalpi qismlardan iborat. Tez orada davlatlar rahbarlari va vazirlar nutqlarini boshlashadi. Birinchi bo‘lib Tramp so‘zga chiqadi.

BMT Bosh Assambleyasining yuqori darajali sessiyasi koronavirus pandemiyasi sabab ilk bor videoanjuman shaklida o‘tkazilyapti.

BMT bosh qarorgohida to‘plangan davlatlar vakillaridan 2 metr oraliq masofani saqlash va qo‘l berib so‘rashmaslik talab qilindi. Qoidalar buzilgan taqdirda, rais ogohlantirishi yoki hatto tadbirni tugatish huquqiga ham ega.

BMT Bosh Assambleyasi yetmish beshinchi yubiley sessiyasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham nutq so‘zlaydi. O‘zbekiston rahbarining nutqi 23 sentyabrga belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mintaqada va global miqyosda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, barqaror taraqqiyot, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, konstruktiv muloqotni kengaytirish, shuningdek, iqlim o‘zgarishi, oziq-ovqat xavfsizligi muammosi, qashshoqlikka barham berish va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kabi zamonaviy xatar va tahdidlarga qarshi qaratilgan qator muhim tashabbuslarni ilgari surishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

BMT

Baholaganlar

165

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing