BMT Afg‘onistondagi ochlik og‘ir tus olayotganidan ogohlantirdi
Olam
−
10 may 2022
4706Afg‘oniston aholisining deyarli yarmi – 19,7 million kishi og‘ir ocharchilik yoqasida.Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti, Jahon oziq-ovqat dasturi va bir qator nodavlat notijorat tashkilotlari ekspertlari tomonidan 2022 yilning yanvar-fevral oylarida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari bo‘yicha hisobotda so‘z boradi.
Hisobot mualliflarining fikricha, 2022 yilning iyun-noyabr oylari oralig‘ida Afg‘onistonda oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq vaziyat biroz yaxshilanadi, o‘tkir oziq-ovqat ta’minotisiz qolganlar soni esa 18,9 million kishigacha kamayadi.
Bu tendensiya qisman bo‘lajak bug‘doy yig‘im-terimi uchun qulay prognozlar va Afg‘onistonga xalqaro oziq-ovqat yordamining yaxshi muvofiqlashtirilgan ko‘lami bilan bog‘liq.
Biroq, eskpertlarning ogohlantirishicha, ijobiy o‘zgarishlar hali ham cheklangan bo‘ladi.
Qayd etilishicha, Afg‘oniston boshdan kechirayotgan uzoq davom etgan qurg‘oqchilik va chuqur iqtisodiy inqiroz ocharchilik millionlab afg‘onlarning hayoti va farovonligiga tahdid solishida davom etishidan dalolat beradi.
“Afg‘onistonda oziq-ovqat xavfsizligini yaxshilashga qaratilgan misli ko‘rilmagan gumanitar yordam hajmi umuman olganda bu tendensiyani o‘zgartirdi, biroq mamlakatda oziq-ovqat bilan ta’minlanish bilan bog‘liq vaziyat og‘irligicha qolmoqda”, deydi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining Afg‘onistondagi vakili Richard Trenchard.
Uning qo‘shimcha qilishicha, qishloq xo‘jaligini qayta qurish va dehqonlar va qishloq jamoalari o‘rtasidagi urush natijasida buzilgan aloqalarni shahar bozorlari bilan tiklash kerak, agar bu amalga oshmasa, yaqin kelajakda bu inqirozdan chiqishning iloji bo‘lmaydi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’kidlashicha, yangi hosil daromadlarni yo‘qotish va oziq-ovqat taqchilligi bilan kurashayotgan millionlab oilalarga biroz, ammo baribir qisqa muddatli yordam beradi.
Biroq, Ukrainadagi urush bug‘doy, oziq-ovqat etkazib berish bilan bog‘liq vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda va Afg‘onistonda yoqilg‘i narxining oshishiga olib keladi.
LiveBarchasi