BMT 2028 yilni Xalqaro huquq yili deb e’lon qildi
Olam
−
27 iyul 861 1 daqiqa
Xalkaro huquq normalari birin ketin poymol qilinayotgan bir vaqtda BMT Bosh Assambleyasi 2028 yilni Xalqaro huquq yili deb e’lon qilish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi. Bu haqda tashkilot axborot xizmati hamda “Business Turkmenistan” xabar berdi.
Rezolyutsiyada xalqaro huquqni hurmat qilish va unga rioya etish zamonaviy xalqaro tizimning samaradorligi, barqarorligi va qonuniyligini ta’minlashning muhim sharti ekani ta’kidlangan. Davlatlar, BMT tizimi tashkilotlari va boshqa manfaatdor tomonlarga 2028 yil davomida ta’lim, ilmiy va ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish taklif etilgan.
Hujjatda, shuningdek, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, xalqaro huquqiy hamkorlikni rivojlantirish va yuridik ta’limni takomillashtirish qo‘llab-quvvatlanadi. Yoshlar, ilmiy jamoatchilik, huquqshunoslar va fuqarolik jamiyati institutlarini xalqaro huquqni targ‘ib qilish jarayoniga jalb etishga alohida e’tibor qaratilgan.
Bosh Assambleya Turkmanistonning 2028 yil dekabr oyida Xalqaro huquq bo‘yicha global forum o‘tkazish taklifini ham ma’qullagan. Ushbu forum Xalqaro huquq yilining asosiy tadbiri bo‘lib, davlatlar, BMT tizimi muassasalari, xalqaro tashkilotlar, ilmiy jamoatchilik va fuqarolik jamiyati vakillarini birlashtirishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish 2009 yildan beri ilk bor Suriyaga tashrif buyurgan edi.
Live
Barchasi