BMT garovdagilarni ozod qilish bo‘yicha HAMASga talab qo‘ydi 

Olam

image

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish HAMASni barcha garovdagilarni zudlik bilan ozod qilishga, Isroilni esa G‘azo sektoriga gumanitar yuk yetkazib berishga ruxsat berishga chaqirdi.

“Biz barchamiz Yaqin Sharqda tubsizlik yoqasida turgan dramatik daqiqada turibmiz. BMT Bosh kotibi sifatida ikkita gumanitar murojaat qilish mening burchimdir. Men HAMASni garovga olinganlarni zudlik bilan va shartsiz ozod qilishga va Isroilni G‘azoning tinch aholisi manfaati uchun gumanitar yuklarga ruxsat berishga chaqiraman”, deyiladi Guterrishning bayonotida.

BMT Bosh kotibi bu maqsadlar savdo-sotiqqa aylanib ketmasligi va “bu adolatli ish” bo‘lgani uchun HAMAS asirlarini qo‘yib yuborishi kerakligini ta’kidlagan.

"G‘azoda suv, elektr energiyasi va boshqa muhim resurslar tugamoqda. BMT Misr, Iordaniya, G‘arbiy Sohil va Isroildagi omborlarda oziq-ovqat, suv, nooziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon va yoqilg‘i zaxiralariga ega. Bu mahsulotlar G‘azoga yuborilishi mumkin”, deya qo‘shimcha qilgan u.

Avvalroq, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maxsus bayonot bilan chiqqan edi.


Maqola muallifi

Teglar

BMT Falastin Isroil HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing