“Bloomberg” 2020 yilning “asosiy insonlari” ro‘yxatini e’lon qildi

Olam

image

“Bloomberg” agentligi 2020 yilda o‘z sohasida eng ko‘p muvaffaqiyatga erishgan 50 kishining ro‘yxatini e’lon qildi. Ularning bari beshta yo‘nalish bo‘yicha taqsimlangan: biznes, moliya, siyosat, ko‘ngilochar, fan va texnologiya.

Agentlik “Siyosat” yo‘nalishida Belarus muxolifati yetakchisi Svetlana Tixanovska (faoliyatidagi muvaffaqiyati uchun), Urugvay prezidenti Luis Lakale Pou (janubiy Amerikada koronavirus yuqtirish va o‘lim holatlari eng past darajada bo‘lgani uchun), Black Lives Matter harakati asoschilari Alisiya Garz, Patris Kallors va Opal Tometi, Isroil bilan munosabatlarni yaxshilab, Yaqin sharq geosiyosatida “inqilob” qilgani uchun Abu-Dabi shahzodasi Muhammad ibn Zayd al-Nahayonni e’tirof etdi.

“Bloomberg” versiyasiga ko‘ra, biznesmenlar orasida “Fifteen Percent Pledge” loyihasi asoschisi Avrora Jeyms (u 9 ta chakana savdo tarmoqlarini 15 foiz rastalarni qora tanlilar kompaniyalari ishlab chiqargan mahsulotlarga ajratishiga erishgan), “Econet Group” asoschisi Strayv Masayia (ish tashlash qilmasliklari uchun 1,7 mingdan ortiq tibbiyot xodimlariga 10 mln dollar bergan) va Netflix asoschisi Rid Xastings yakuniga yetayotgan yilda eng ko‘p muvaffaqiyatga erishdi.

Moliya yo‘nalishiga koronavirus pandemiyasi davrida Xalqaro valyuta jamg‘armasiga a’zo mamlakatlarga kreditlar ajratishni 50 foizga oshirgan jamg‘arma direktori Kristalina Georgiyeva, Robinhood moliya kompaniyasi asoschilari Bayju Bxatt va Vladimir Tenev, Citigroup bankining ilk ayol rahbariga aylangan Jeyn Freyzer kiritilgan.

2020 yilda ko‘ngilochar yo‘nalishida qo‘shiqchi Billi Aylish, aktrisa Selesta Barber, faol Kolin Kapernik va Universal Filmed Entertainment Group rahbari Donna Lengli kirgan.

Shuningdek, fan va texnologiya yo‘nalishida Contemporary Amperex Technology Zeng Yukun, SpaceX prezidenti Gvinn Shotvell, Amazon`ning sobiq prezidenti Tim Brey, Oq uyning bosh immunologi Entoni Fauch qayd etilgan.

“Bloomberg” alohida kategoriyada shu ro‘yxatga kiritilishi “hech kimni hayron qoldirmaydigan” shaxslar jamlangan. Ro‘yxatga Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, AQSH Prezidenti Donald Tarmp, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In, Germaniya kansleri Angela Merkel, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron kirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Bloomberg

Baholaganlar

141

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing