Bloger Sherali Komilov hibsga olindi
3-sahifa
−
16 iyul
37395Bloger Sherali Komilov hibsga olindi. Bu haqda inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 15 iyul kuni soat 17:00 lar atrofida Toshkent viloyati Qibray tumani Do‘rmon aholi punktida 1979 yilda tug‘ilgan bloger Sherali Komilov Qashqadaryo viloyati IIB Tergov bo‘limi tomonidan bir yil avval e’lon qilingan ayblov va qidiruvga ko‘ra hibsga olingan.
Bloger avval Qibray tumani IIBga, so‘ng O‘zbekiston Respublikasi IIVning 1-sonli tergov izolyatoriga olib ketilgan. Qashqadaryo viloyati IIB tergov bo‘limi tergovchisi sanksiyasi bilan Sherali Komilov istiqomat qilgan xonadonda tintuv o‘tkazilgan. Tintuv davomida surishtiruv organi tomonidan Komilovga tegishli ashyolar, texnikalar olib ketilgan. Guvohlarga ko‘ra, blogerni qo‘lga olish jarayonida 15 nafarga yaqin IIO xodimlari qatnashgan.
“Bloger Qashqadaryo viloyatiga etap qilinishi mumkin”, deydi Tashanov.
Eslatib o‘tamiz, Sherali Komilovga nisbatan viloyat IIB tomonidan firibgarlik, tuhmat va haqorat singari ayblovlar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U so‘nggi bir yil davomida tergovdan yashirinib kelgan.
LiveBarchasi