Bloger Otabek Sattoriyga qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari yakunlandi
Jamiyat
−
01 mart 2021
10754Surxondaryo viloyati IIB Tergov boshqarmasi bloger Otabek Sattoriyga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini tergov qilish jarayonini yakunladi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.
Xabar qilinishicha, bloger 2020 yilning iyunidan 2021 yil yanvariga qadar sakkiz kishining sir saqlanishi kerak bo‘lgan ma’lumotlarini internet orqali oshkor qilish bilan qo‘rqitib, ularning ayrimlaridan moddiy manfaat ko‘rib kelgani aniqlangan.
24 fevral kuni Sattoriy Otabek Abdumanonzodaga Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “a”,“b” bandlari va 3-qismi “a” bandi (tovlamachilik), 139-moddasi 3-qismi “a, g” bandlari (tuhmat) hamda 140-moddasi 3-qismi “a” bandi (haqorat qilish) bilan avvalgi ayblov to‘ldirilib, shu kuni dastlabki tergov tamomlangan.
Hozirda jinoyat ishi yuzasidan ayblov xulosasini tasdiqlash va tegishli sudlovga oshirish uchun Surxondaryo viloyat prokuraturasiga yuborilgan.
LiveBarchasi