Bloger Guseyn Gasanov qidiruvga berildi
Madaniyat-san’at
−
15 may 15525 2 daqiqa
Rossiyalik bloger Guseyn Gasanov jinoyat yo‘li bilan olingan daromadlarni legallashtirish ishi bo‘yicha sirtdan hibsga olindi va qidiruvga berildi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlar bazasida keltirilgan.
Moskvadagi Chertanovskiy tuman sudi blogerni hibsga olishga 23 aprel kuni qaror chiqargan. Oradan bir kun o‘tib, bu qarorga apellyatsiya shikoyati berilgan. Blogerga nisbatan qo‘llanilgan modda (Rossiya Jinoyat kodeksining 174-moddasi 4-qismi – juda katta miqdordagi pul mablag‘larini legallashtirish va yuvish) bo‘yicha eng ko‘p jazo 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, shuningdek, 5 yilgacha bo‘lgan davr uchun ish haqi yoki boshqa daromad miqdorida jarimani nazarda tutadi.
U bu haqda o‘zining Instagram sahifasida bayonot berdi. Gasanovning ta’kidlashicha, u hech qanday soliq qarziga ega emas.
“Ha, bu vahimali yangraydi – “sirtdan hibs”, lekin aslida hammasi bunchalik dramatik emas. O‘tgan yili barcha soliq masalalari hal etilgan edi”, dedi u.
Shuningdek, u advokatlar bu masala ustida ishlayotganini qo‘shimcha qilgan.
Ma’lumot uchun, 2024 yil iyun oyida Federal soliq xizmati blogerning umumiy qiymati 112 million rubl bo‘lgan mol-mulkini – ikki avtomobil va Moskva shahridagi kvartirani undirishni talab qilgan. O‘shanda Gasanov soliq qarzini to‘lagan va arbitraj sudi FSXning da’vosini bekor qilgan.
Guseyn Gasanovning Instagram'dagi sahifasida 30,4 milliondan ortiq obunachi bor.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili iyulda Guseyn Gasanovga tegishli bo‘lgan ayrim kompaniyalar davlat oldidagi qarzlari sabab yopilgani va blogerning o‘zi qarzlari sabab qochib yurgani xabar qilingandi. O‘shanda Gasanovning soliq idoralaridan qariyb 1,7 million dollar qarzi borligi aytilgan edi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr