Bloger Bobur Mansurovning to‘yi ortidan Ichki ishlar jarima qo‘lladi (video)

Madaniyat-san’at

image

Instagram ijtimoiy tarmog‘ida mashhur bo‘lgan bloger Bobur Mansurov joriy yilning 20 noyabr kuni uylandi. Uning to‘yida bir nechta avtomobillar guruh bo‘lib harakatlangani va boshqa yo‘lda avtomobillar harakatiga xalaqit bergani aks etgan videolar tarqaldi.

Ushbu holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati izoh berdi. 

Unga ko‘ra, ushbu to‘y kortejida qatnashgan haydovchilar aniqlangan va ularga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 129-moddasi (transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi guruh bo‘lib harakat qilishda qatnashishi) 1-qismi tartibida ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 noyabr kuni Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida kuyov kelinni uydan vertolyotda olib ketayotgani xabar qilingan edi. Keyinchalik vertolyot ortidan ergashgan Captiva'lardan iborat to‘y korteji esa yo‘l bo‘ylab boshqa mashinalar harakatiga xalaqit bergani uchun jarimaga tortilgandi


Maqola muallifi

Teglar

Bloger jarima Bobur Mansurov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing