“Biznes-trener” Ayaz Shabutdinov firibgarlikda gumonlanib qo‘lga olindi

Madaniyat-san’at

image

Bloger Ayaz Shabutdinov Moskvada firibgarlik yo‘li bilan o‘quv kurslarini sotishda gumonlanib, qo‘lga olindi. Bu haqda TASS o‘z manbalariga tayanib, xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bloger poytaxtdagi ijaraga olingan xonadonida ushlangan. Agentlikning qayd etishicha, qo‘lga olish Iqtisodiy xavfsizlik bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan FSBning Moskva bo‘limi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.

14 soat oldin blogerning Instagram'ida Vena safari haqida hikoya qiluvchi postlar joylangan. Moskvaga kelishi haqida esa hech narsa aytilmagan.

Ayaz Shabutdinov Perm viloyatida tug‘ilgan bo‘lib, Udmurt universitetini davlat va munitsipal boshqaruv mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

32 yoshli Shabutdinov o‘z veb-saytida "tadbirkorlar uchun texnologik ta’lim kompaniyasi" Like Center asoschisi ekanini yozadi (loyiha turli darajadagi malaka va daromadga ega bo‘lgan hozirgi va kelajakdagi tadbirkorlar uchun dasturlarni taklif qiladi).

Bloger Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 159-moddasi 4-qismi bo‘yicha sakkizta jinoyat sodir etganlikda ayblangan va unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ammo u aybini tan olmagan. Shuningdek, Shabutdinov suddan 2022 va 2023 yillarda tug‘ilgan ikki nafar yosh farzandi borligini ta’kidlab, uni hibsga olmaslikni so‘ragan.

U o‘zini investor va milliarder deb ham ataydi. Ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda Shabutdinov ko‘pincha "info lo‘li" deb atalgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq o‘zbekistonlik “biznes-trener” Islom Ibrohimov qidiruvga berilgandi. U  Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandida ko‘rsatilgan firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda gumonlanib, qidiruvga berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlik Ayaz Shabutdinov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing