Blinkenning samolyotida jiddiy muammo yuz berdi
Olam
−
18 yanvar
10067Kecha, 17 yanvar kuni AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken foydalanayotgan samolyotida jiddiy nosozlik oqibatida jahon iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tgan Shveysariyaning Davos shahridan uyiga qayta olmadi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.
“AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken chorshanba kuni rejalashtirilganidek, Davosdan uyiga ucha olmadi, chunki samolyotida jiddiy nosozlik yuzaga keldi”, deb yozadi nashr.
Ma’lum qilinishicha, Blinken va uning hamrohlari uchib kelgan Boeing 737 samolyotida kislorod sizib chiqishi aniqlangan. Nosozlikni tuzatishning iloji bo‘lmagan va samolyot parvoz uchun xavfli deb topilgan.
Natijada, Blinken Bryusseldan Syurixga ucha oladigan boshqa samolyotga chiqishiga to‘g‘ri kelgan va Shveysariyada davlat kotibiga hamroh bo‘lgan uning ko‘plab yordamchilari va matbuot xizmati vakillari Vashingtonga qaytish uchun tijorat reyslaridan foydalangan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning 23-24 may kunlari O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘lgan Singapur Prezidenti Halima Yaqub mamlakatga oddiy reys bilan kelgan edi.
LiveBarchasi