Blinken va Guterrish don kelishuvini muhokama qildi

Olam

image

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken va BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish telefon orqali don kelishuvini muhokama qildi. Bu haqda AQSH Davlat departamenti saytida xabar berildi.

Suhbat BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi arafasida bo‘lib o‘tgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tomonlar Qora dengiz tashabbusi, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi va Gaitidagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat kabi keng ko‘lamli masalalarni muhokama qilgan.

Ular AQSHning Bosh Assambleyaning ustuvor yo‘nalishlari, jumladan, BMT Nizomi va Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining asosiy tamoyillarini mustahkamlash, BMTni XXI asr chaqiriqlariga javob berish uchun modernizatsiya qilish masalalari bo‘yicha ham so‘z yuritgan.

Davlat kotibi sintetik giyohvandlik tahdidiga qarshi kurashish, BMTning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun sun’iy intellektdan foydalanish, yirik infratuzilma loyihalariga xususiy kapitalni jalb qilish bo‘yicha AQSHda parallel ravishda o‘tkazilayotgan tadbirlar haqida ma’lumot berib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Antoniu Guterrish Entoni Blinken don kelishuvi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing