Blinken Toshkentga yetib keldi
Olam
−
28 fevral 2023
11525AQSH Davlat departamenti rahbari Entoni Blinken Qozog‘istonga tashrifini yakunlab, bugun, 28 fevral kuni O‘zbekistonga keldi. Uni Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajarayotgan Baxtiyor Saidov kutib oldi.
Blinken samolyotdan tushgach, trap oldida vazir Saidov, uning o‘rinbosari Furqat Sidikov va AQSHning Toshkentdagi elchixonasi vakillari bilan muloqot qilgan.
Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 1 mart kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unga ko‘ra, Blinken o‘zbekistonlik mavqedoshi Baxtiyor Saidov bilan uchrashib, muzokara o‘tkazadi. Keyin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qabulida bo‘ladi.
Blinkenning Markaziy Osiyoga tashrifi
Kecha, 27 fevral kuni kechqurun AQSH Davlat departamenti rahbari Entoni Blinken ilk rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonga keldi. Bugun, 28 fevral kuni u Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev qabulida bo‘ldi. Uchrashuv chog‘ida respublika rahbari AQSH bilan strategik hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini aytdi.
Markaziy Osiyo davlatlari va AQSH Tashqi ishlar idoralari rahbarlari 28 fevral kuni Qozog‘iston poytaxti Ostonada C5+1 formatida energetika, iqtisodiyot va terrorizmga qarshi kurash masalalari, shuningdek, xalqaro muammolar, jumladan, Ukraina atrofida vaziyatni muhokama qildi.
C5+1 formati Markaziy Osiyoning beshta davlati (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston) va AQSH o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning ko‘p tomonlama mexanizmi hisoblanadi. U 2015 yilda iqtisodiyot, ekologiya va xavfsizlik sohalaridagi mintaqaviy muammolarni muhokama qilish uchun tashkil etilgan. U 1 mart kuni Nyu-Dehliga jo‘nab ketadi.