Blinken Si Szinpinni tanqid qilishga haqli emas – Xitoy TIV

Olam

image

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Xitoy rahbari Si Szinpinni Rossiyaga qilgan safari uchun tanqid qilishga haqli emas. Bu haqda bugun, 21 mart kuni Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Van Venbin so‘z ochdi. 

“Xitoy Ukrainadagi inqirozni qo‘zg‘atmagan, ishtirokchi tomonlar qatoriga ham kirmagan. Qo‘shma Shtatlar Xitoyni tanqid qilishga, hatto, Ukrainadagi vaziyat uchun javobgarlikni XXR zimmasiga yuklash huquqiga ega emas”, degan u brifingda.

Xitoy diplomatining eslatishicha, Pekin Ukraina mojarosining keskinlashuviga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlarga qarshi. Shuningdek, Van Venbin Qo‘shma Shtatlar Kiyevga doimiy ravishda qurol yetkazib berishda davom etayotganini ta’kidlagan.

“Qo‘shma Shtatlar tinch muloqot yo‘lida XXR va xalqaro hamjamiyat tomonidan qilinayotgan sa’y-harakatlarga xolisona qarashi kerak”, deya xulosa qilgan Xitoy TIV vakili.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 20 mart kuni Si Szinpinning Rossiyaga davlat tashrifini sharhlar ekan, Blinken Xitoy rahbari u yerga Xalqaro jinoyat sudi Putinni hibsga olishga order berganidan bir necha kun o‘tib ketganini ta’kidlagandi. U Xitoy mas’uliyatni his qilmayotgani va Rossiya uchun diplomatik himoya yaratish uchun urinayotganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Si Tszin'pin Entoni Blinken

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing