Blinken Rossiyani Ukraina yerlari bo‘yicha ogohlantirdi

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH Davlat departamenti rahbari Entoni Blinken va Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov kecha, 29 iyul kuni Ukrainada urush boshlanganidan beri ilk bor telefon orqali muloqot qildi. Rossiya TIVning alohida urg‘ulashicha, suhbat Amerika tomonining tashabbusi bilan o‘tkazildi.

Suhbat mavzularidan biri Ukrainadagi urush bo‘ldi. Davlat departamenti rahbari rossiyalik vazir bilan suhbatda jahon hamjamiyati Rossiyadan Ukraina donini eksport qilish bo‘yicha kelishuv bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishini kutayotganiga ishora qilgan. Lavrov, shuningdek, jahon oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi vaziyat AQSHning Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalari tufayli murakkablashayotganini aytdi.

Bundan tashqari, Blinken dunyo Ukrainaning yangi hududlari anneksiya qilinishini hech qachon tan olmasligini, agar bu sodir bo‘lsa, Rossiya qo‘shimcha jazo choralariga duch kelishini ta’kidlagan. O‘z navbatida, Lavrov Rossiya Ukrainadagi urushning barcha “maqsadlari va vazifalarini” amalga oshirish niyatida ekanligini bildirgan.

“Rossiyaliklar bu haqda shaxsan bizdan eshitishlari juda muhim – nafaqat biz buni (anneksiyani – tahr.) tan olmasligimiz, balki qo‘llaniladigan jiddiy sanksiyalar tufayli bu Rossiyaga qimmatga tushishi ham muhim”, degan Blinken jurnalistlarga Lavrov bilan suhbatdan keyin.

Blinkenning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya “Ukrainaning bu hududlarida odamlar qandaydir yo‘l bilan Rossiya tarkibiga kirishga intilayotgandek ko‘rinish yaratishga” urinib, “qo‘lbola referendumlar”ga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu ovoz berishlar Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning “Ukraina hududini imkon qadar ko‘proq yutib yuborish” istagi uchun uyushtirilmoqda, deya qo‘shimcha qilgan AQSH Davlat departamenti rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh-Rossiya

Baholaganlar

595

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing