Blinken Ozarbayjon Armanistonga bostirib kirishidan xavotirda – “Politico”
Olam
−
14 Oktabr 2023 6197 1 daqiqa
AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Kongressning kichik bir guruh qonunchilari bilan Qorabog‘dagi vaziyat bo‘yicha telefon orqali muloqot qilib, Ozarbayjon Armanistonga hujum qilishi mumkinligini aytdi. Bu haqda manbalariga tayanib, “Politico” xabar berdi.
Blinkenning ma’lum qilishicha, Davlat departamenti Ozarbayjonning Armanistonga bostirib kirishi ehtimolini kuzatmoqda. Uning fikricha, Ozarbayjon yaqin haftalarda Armaniston janubiga bostirib kirishi mumkin.
Davlat kotibining aytishicha, Oq uy Ozarbayjonni javobgarlikka tortmoqchi. Rasmiylar Bakuga harbiy yordam ko‘rsatish masalasini qayta ko‘rib chiqishi mumkin.
Biroq Ozarbayjon Prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha katta maslahatchisi Hikmat Hojiyev Ozarbayjon Armaniston hududiga da’vo qilmasligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, to‘qnashuv xavfi past, chunki so‘nggi ikki hafta Armaniston-Ozarbayjon munosabatlari tarixidagi eng tinch haftalar bo‘lgan.
“Ozarbayjon mintaqada antiterror kampaniyasi bilan huquqiy, tarixiy va ma’naviy jihatdan bizga tegishli bo‘lgan narsani tikladi va de-yure arman hududlariga bostirib kirish niyatida emas”, degan Hojiyev.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Granadada (Ispaniya) o‘tgan sammitda Qorabog‘ Ozarbayjonning hududi ekanligini tasdiqlovchi rasmiy hujjatni imzolagandi. Shuningdek, u Bryusselda o‘tgan uchrashuvda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan dastlabki kelishuvga erishilganini ma’lum qildi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr