Bizning vazifamiz bokschilarning pul topishi – Kremlyov 

Sport

image

Butunjahon boks assotsiatsiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyov Xalqaro Olimpiya qo‘mitasini (XOQ) tanqid qildi.

“Boks ajoyib sport turi, biz allaqachon o‘z yo‘limizni tanlab oldik. Biz uchun asosiy turnir - Jahon chempionati. Boks bilan kambag‘al va o‘rta qatlam shug‘ullanadi. Bizning vazifamiz bokschilarning pul topishi. Har bir bokschi, murabbiy va tashkilot uchun kurashamiz. IBA tashqaridan nazorat qilinmasligi uchun mustaqil ekanligimizni ko‘rsatamiz. 2012 va 2016 yilgi Olimpiya o‘yinlarida boksda korrupsiya bo‘lgan, deyishadi... O‘shanda men bu tashkilotda bo‘lmaganman. Bugungi kunda IBA'da hech qanday muammo yo‘q. XOQga sportchilarning Olimpiadadagidan ko‘proq daromad olishlari yoqmayotgan bo‘lsa bu ularning muammosi hisoblanadi. XOQ bilan hech qanday muammo ko‘rmayapman”, deydi Umar Kremlyov.

Ayni kunlarda IBA rahbari Toshkent shahrida bo‘lib turibdi. 14 mayga qadar “Humo” arenada boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida Jahon chempionati janglari o‘tkaziladi. 

Eslatib o‘tamiz, Toshkent mundialiga IBA tomonidan eng katta sovrin jamg‘armasi belgilangan. Musobaqa g‘oliblari 200 ming, 2-o‘rin sohiblari 100 ming, bronza medal egalari esa 50 ming AQSH dollari bilan mukofotlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Umar Kremlyov Xalqaro Olimpiya qo'mitasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing