Mashhur brendlar e’tibori nima uchun ijtimoiy masalalarga qaratilmoqda?
Biznes
−
24 avgust 2023
6833Bugungi kunda tadbirkorlik sub’ektlarining ijtimoiy masalalar, xususan ekologik muammolarni hal etishi, xotin qizlarnining shaxsiy hamda kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashi ommalashib bormoqda. Shu bilan birga ijtimoiy mas’uliyatli biznes, faoliyat sohasidan qat’i nazar, kompaniyalar brendining bir qismiga aylanadi. Bunday jiddiy qadamga tadbirkorlar qay darajada tayyor?
Biz bu borada “Siberian Wellness” xalqaro kompaniyasi vakili Olesya Vladimirovna Koloskovaning fikrlari bilan qiziqdik.
— Sizning kompaniyangiz O‘zbekiston bozorida necha yildan beri faoliyat yuritmoqda, nima bilan shug‘ullanasiz va O‘zbekiston uchun ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarga hissa qo‘shishga nega qaror qildingiz?
— Biz 13 yildirki, O‘zbekiston bozoridamiz. Biz insonlarni sog‘lom, baxtli, moddiy jihatdan barqarorlikka erishishlari uchun o‘z hissamizni qo‘shishga intilamiz. Biz jamiyatga kasallikni davolagandan ko‘ra, uning oldini olish yaxshiroq ekanligini anglatamiz. Tabiat va odamlar bizning kompaniyamiz uchun juda muhimdir. Bejizga, bizning shiorimiz “Haqiqiy tabiat, haqiqiy ilm odamlar uchun”, deya yangramaydi. Biz bugungacha bir necha soat bo‘sh vaqtga ega bo‘lgan 300 dan ortiq kishini sevgan ish bilan shug‘ulanishiga muvaffaq bo‘ldik. Eng quvonarlisi, ularning 70 foizi ayollardir.
— Sevgan ishi bilan shug‘ulganlarning ko‘pchiligi ayollar ekanligini ta’kidladingiz. Nega?
— Ha, hozirda tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan ayollar ko‘payib bormoqda. Ular o‘zini anglashni, o‘z hayoti va oilasi hayotini yaxshilashni istaydi. Ayolning o‘zini anglashi qanchalik muhimligini aytmoqchiman. Psixologlar, marketologlar, murabbiylar ishtirokida turli treninglar, sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazyapmiz. Kompaniya GMP, HASSP, FDA, ISO 22000 xalqaro standartlari talablariga javob beradigan yuqori sifatli salomatlik va go‘zallik mahsulotlarining keng assortimentiga ega. Shuningdek, kompaniya mahsulotlari aholinining musulmon qismi uchun juda muhim bo‘lgan HalalCorrect halqaro sertifikatiga ega.
— Ijtimoiy mas’uliyatli biznes yana qanday qilib o‘zini namoyon qilishi mumkin?
— O‘ylaymanki, biz bu borada yana ikki yo‘nalish – “Salomatlik” va “Sport” dasturlarini tanlashda adashmadik. Ular nima? Biz doimo homiy bo‘lib, sportning turli yo‘nalishlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaymiz. Xususan, Triatlon, marafon, yugurish jamoalari kabi. Shu o‘rinda aytib o‘tishim kerakki, sog‘lom avlodni tarbiyalashda sport bilan shug‘ullanish muhim rol o‘ynaydi. Biz buni inobatga olgan holda, hamjamiyatimiz a’zolari bilan har xil sport o‘yinlarini o‘tkazamiz va kunimizni mazmunli o‘tkazishga yanada harakat qilamiz. Bu albatta, ish unumdorligini oshiradi.
— Atrof-muhit haqida nima deyish mumkin? Ekologiya inson salomatligiga qanday ta’sir qiladi va siz kompaniya sifatida atrof-muhit uchun nima qilyapsiz?
— Masalan, “Ekologiya” dasturi doirasida 2021 yilda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Yashil makon” umummilliy dasturini hayotga tatbiq etish, ekologik muhitni yaxshilashga o‘z hissamizni qo‘shishga harakat qilmoqdamiz.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiyalar markazi tomonidan muvofiqlashtirilgan #Orolo‘rmoni va “Orol dengizidagi bog‘im” dasturi doirasida Mo‘ynoq mintaqasida va Orol dengizining qurigan tubida “Siberian Wellness” kompaniyasi aprel oyida 500 tup daraxt ko‘chatlarini ekishni tashkil qildi.
Joriy yilning oktyabr oyida 3 baravar kattaroq maydonga yana 4 ming tup ko‘chat ekishni rejalashtirganmiz. Albatta, bunga jamoatchilik tashkilotlari vakillarini, jamoatchilik faollarini hamda OAV vakillarini jalb qilamiz.
— Mazmunli suhbatingiz uchun tashakkur va kompaniyangizga ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni kelgusida amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Fursatdan foydalanib, men “Siberian Wellness” kompaniyasi nomidan barcha o‘zbekistonliklarni yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik bayrami bilan tabriklayman. Ularga sog‘lik-salomatlik va faravon hayot tilayman.
Yurtdoshlarimni “Siberian Wellness” hamjamiyatining bir qismi bo‘lishga chaqiramiz! Har biringiz biz bilan birga rivojlanish va bundan tashqari, atrofimizdagi dunyoni yaxshiroq joyga aylantirishga yordam berish imkoniyatiga egasiz.
Biz bilan telefon orqali bog‘laning: +998712058767
Bizning maslahatchilarimiz sizga farovonlik olamiga birinchi qadamni qanday qo‘yish kerakligini aytib berishadi.
Shuningdek, bizning infouz@sibval.com manzilga murojaat qilishingiz mumkin.
Do‘konning ish vaqti: dushanbadan yakshanbagacha 09:15 dan 19:00 gacha
Sall-markazning ish vaqti: dushanbadan yakshanbagacha soat 08:00 dan 21:00 gacha
Manzil: Toshkent sh. Nukus ko‘chasi, 29-uy.
Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring www.siberianhealth.com
Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling
Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling
Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing
YouTube'da bizni kuzatib boring
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr