“Bizga gul emas, xavfsizlik kerak“. Olma-otada xotin-qizlar namoyishga chiqdi
Olam
−
08 mart 2021
12310Bugun, 8 mart kuni Qozog‘istonning Olma-ota shahrida ayollar yurishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda mahalliy “tengrinews” nashri xabar qildi.
Tashkilotchilarga ko‘ra, bu – Qozog‘istondagi birinchi rasmiy feministlar yurishi.
“Shuni eslatib qo‘ymoqchimanki, bizning bugungi yurishimiz Olma-ota hokimligi bilan kelishilgan va uning ko‘magi bilan o‘tkazilmoqda. Biz bu yerga qonuniy ravishda keldik”, deydi namoyish faollaridan biri.
Xabarga ko‘ra, ishtirokchilar namoyish orqali muammolari: ayollar huquqlari va o‘zlari uchun kurashda ekanini e’lon qilgan.
“Qozog‘istonda aynan ayollar bolalarni bepul parvarish qiladi”, deydi faollar.
Ma’lum qilinishicha, namoyishga chiqqan ayol-qizlar erkaklar bilan teng haq to‘lanishi, shilqimlik jinoiy javobgarlikka tortilishi hamda kaltaklash va do‘pposlash uchun jinoiy jazo qo‘llanishini talab qilmoqda.
Feministlar yurishi “Agar ursa, demak qamalsin”, “Biz hammamiz opa-singillarmiz”, “Har bir ayol muhim!”, “Men hech kimga qarzdor emasman”, degan chaqiriqlar ostida o‘tmoqda.
“Qozog‘iston ayollari Konstitutsiyaga muvofiq mamlakatning barcha aholisi kabi bir xil huquqlarga ega bo‘lishi kerak. Bugun biz Qozog‘istonda mavjud bo‘lgan ayollarga nisbatan munosabatlarga toqat qilmaymiz. Biz zo‘ravonlik, teng bo‘lmagan ish haqi va kamsitishlarga ortiq chidamaymiz”, deydi yurish faollaridan biri.
LiveBarchasi