Bizda 100 kun bor – BMT xalqaro hamjamiyatni global sulh tuzishga chaqirdi

Olam

image

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Bosh Assambleyaning 75 yillik sessiyasida xalqaro hamjamiyatni dunyodagi barcha qurolli to‘qnashuvlarda 100 kunlik sulhga erishish kerakligiga chaqirdi. BMT Bosh kotibi koronavirusga qarshi yanada jipslik bilan kurashish uchun mart oyidayoq o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirgandi. Ammo hamma mojaro qatnashchilari ham uning chaqirig‘iga ijobiy javob qaytarmadi.

“Pandemiya boshlanganda men global darajada o‘t ochishni to‘xatishga chaqirdim. Bugun men xalqaro hamjamiyatni bu chaqiriqni yil oxirigacha kuchga kirgizish uchun yangidan harakat qilishga chaqiraman. Bizda roppa-rosa 100 kun bor”, degan Guterrish.

U pandemiya vaqtida birgina g‘olib bo‘lishi mumkinligini ta’kidalid. Bu ham bo‘lsa virus.

Guterishning so‘zlariga ko‘ra, uning dastlabki murojaatini tashkilotga a’zo 180 ta davlat, diniy yetakchi, diniy hamkor, fuqarolik jamiyati vakillari qo‘llab-quvvatlagan.

“Kamerun, Kolumbiya, Filippin va boshqa davlatlardagi qator qurolli harakatlar ham bu chaqiriqqa javob qaytardi. Balki ular e’lon qilgan sulh har doim ham amal qilmagandir. Bu yo‘lda ulkan to‘siqlar bor: chuqur ishonchsizlik, buzg‘unchi kuchlar va yillar davomida to‘xtamayotgan urushning og‘ir merosi”, degan Guterrish umid qilish uchun asos borligini eslatib.

U dunyoda tinchlik o‘rnatish uchun jamoaviy harakat qilish vaqti kelganini ta’kidladi.

“Men Xavfsizlik Kengashi boshchiligad joriy yil oxirigacha sulhga erishish uchun xalqaro harakatni faollashtirishga chaqiraman. Bizda 100 kun bor. Vaqt kutib turmaydi. Dunyoda barcha “qayroq” mojarolarni to‘xtatish uchun global o‘t ochishni to‘xtatish kerak”, deya o‘z taklifini ilgari surgan BMT Bosh kotibi.


Maqola muallifi

Teglar

BMT Antoniu Guterrish

Baholaganlar

65

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing