Biz Zelenskiyning o‘zgarishini kutamiz – Peskov

Olam

image

Rossiya Ukrainaning amaldagi yoki keyingi Prezidentining Moskva bilan muzokaralar bo‘yicha pozitsiyasi o‘zgarishini kutadi, muzokaralar jarayoni va kelishuvga erishish uchun Kiyevning ishtiroki zarur. Bu haqda bugun, 4 oktyabr kuni jurnalistlarga Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi. 

“Yo‘q, muzokaralar olib borish uchun sizga ikki tomon kerak. Endi biz yo amaldagi Prezident [Ukraina Vladimir Zelenskiy] pozitsiyasi o‘zgarishini yoki Ukraina xalqi manfaatlari yo‘lida o‘z pozitsiyasini o‘zgartiradigan bo‘lajak Ukraina Prezidentini kutamiz”, deydi Peskov rasmiy Kiyev ishtirokisiz kelishuvlarga erishish mumkinmi, degan savolga javob berar ekan. 

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga harbiy bosqini boshlanishidan oldin ham Moskva Ukrainadagi vaziyatni diplomatik yo‘l bilan tartibga solish tarafdori bo‘lgan.  

“Harbiy amaliyot boshlanishidanoq Rossiya tomoni qo‘yilgan shartlarga erishish tinch diplomatik muzokaralar yo‘li bilan ta’minlanishi tarafdori edi”, deydi u. 

Eslatib o‘tamiz, bugun, 4 oktyabr kuni Ukraina Prezidenti Vladmir Zelenskiy Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan muzokara olib borish mumkin emasligi haqidagi qarorini ma’qulladi. Tegishli farmon Ukraina rahbari devoni saytida e’lon qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Dmitriy Peskov

Baholaganlar

179

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing