Biz Yaqin Sharqdagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib boramiz – Pentagon

Olam

image

AQSH Mudofaa vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda va mintaqadagi keskinlikni pasaytirishga ustuvor ahamiyat berishda davom etmoqda. Bu haqda AQSH Mudofaa vazirligi matbuot kotibi o‘rinbosari Sabrina Singx ma’lum qildi.

“Qo‘shma Shtatlar mintaqadagi harbiy ishtirokini kuchaytirgan va vaziyat keskinlashgan taqdirda Isroil va Amerika kuchlarini himoya qilishga tayyor. Mintaqaviy taranglikning kuchayishi munosabati bilan biz Isroilni tiyib turish va himoya qilish pozitsiyasini egallab, mintaqadagi keskinlikni kamaytirishga e’tibor qaratishda davom etamiz”, deydi Sabrina Singx.

Pentagon matbuot kotibi o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, AQSHning mintaqadagi harbiy ishtirokini oshirishdan maqsad mintaqaviy taranglikni oldini olish va signal berish. Qo‘shma Shtatlar G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha sa’y-harakatlarini davom ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 avgust kuni Qo‘shma Shtatlar Isroilga 20 milliard dollardan ortiq qo‘shimcha qurollar – 50 ga yaqin F-15 qiruvchi samolyotlari va 33 ming o‘q-dorilar eksportini ma’qullagani xabar qilingandi.

Zebo Turobjonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Pentagon Sabrina Singx

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made