Biz sanksiyalar siyosatining asiriga aylandik – Mirziyoyev
Jamiyat
−
09 avgust
20267Markaziy Osiyo o‘zining geosiyosiy joylashuvi tufayli global ishonch inqirozi va mojarolar keskinlashuvining barcha salbiy oqibatlarini to‘liq boshdan kechirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 9 avgust kuni Ostonada Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining oltinchi Maslahat uchrashuvida so‘z ochdi.
“Ukraina atrofida va Yaqin Sharqda sodir bo‘layotgan voqealar mintaqaning barqaror rivojlanishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatmoqda. An’anaviy savdo va transport zanjirlari buzildi. Biz sanksiyalar siyosatining asiriga aylandik, logistika xarajatlari sezilarli darajada oshdi, inflyatsiya bosimi kuchaymoqda. Jahon kapital bozorida imkoniyatlar qisqarmoqda, proteksionizm kuchayib, yangi-yangi to‘siqlar paydo bo‘lmoqda”, degan Mirziyoyev.
Uning aytishicha, mintaqa barqarorligining muhim omili hisoblangan qo‘shni Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanishi bilan bog‘liq masalalar xalqaro kun tartibida ikkinchi darajaga tushib qolgan.
“Shuni ta’kidlab o‘tmoqchimanki, Markaziy Osiyoning buguni va kelajagi, mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi ko‘p jihatdan umumiy sa’y-harakatlarimizga, yaqindan hamkorlik qilish, qat’iy choralar ko‘rish va mintaqa manfaatlarini birgalikda ilgari surishga tayyorligimizga bog‘liq”, deydi u.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Tashqi siyosat idoralari tomonidan strategik hujjat – Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash konsepsiyasini ishlab chiqish maqsadga muvofiq.
LiveBarchasi