Biz Rojdestvo bozorlarida yurganimizda, Rossiya Ukrainaga qarshi urush olib bormoqda – Germaniya IIV

Olam

image

Germaniyada Favqulodda vaziyatlar vazirligi funksiyalarini bajaruvchi THW (Technisches Hilfswerk) texnik yordam xizmati Ukraina uchun yangi gumanitar yordam partiyasini tayyorlamoqda. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar va Ichki ishlar vazirliklarining e’lon qilgan qo‘shma bayonotida aytiladi. 

Qayd etilishicha, yordam 500 ta generator, 900 ta isitish moslamasi, 1700 ta izolyatsiyalangan uyqu yostig‘i, shuningdek, krovatlar, chodirlar va yashash uchun mo‘ljallangan konteynerlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu ta’minotning umumiy qiymati 6,1 million yevroni tashkil qiladi.

Yangi qishki yordam paketini sharhlar ekan, Germaniya Ichki ishlar vaziri Nensi Fazer THW allaqachon Ukrainaga 400 dan ortiq yuk jo‘natganini ta’kidlagan.

"Biz shoshilinch yordam kerak bo‘lgan joyda yordam berishda davom etish niyatidamiz. Biz Ukraina o‘t o‘chiruvchilari, qutqaruv xizmatlari va Favqulodda vaziyatlar vazirligiga yordam beramiz. Ko‘pchiligimiz Rojdestvo bozorlariga tashrif buyurib, sovg‘alar tayyorlayotgan bir paytda, Rossiya bu qishda Ukraina energetika tuzilmasiga qarshi g‘ayriinsoniy urush olib borishda davom etmoqda”, deydi vazir.

Avvalroq THV Ukrainaga 1300 ta kuchli generatorlar, 20 ta akkumulyatorlar, 120 ta avtomobillar, ekskavatorlar va boshqa ixtisoslashtirilgan mashinalar yuborgan.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing