Biz ko‘p hujum qildik, lekin futbolda gollar ahamiyatli – Gvardiola

Sport

image

“Real”ga qarshi Yevropa Chempionlar ligasi (YeCHL) javob o‘yinidagi mag‘lubiyatdan so‘ng “Manchester Siti” ustozi Xosep Gvardiola matbuot anjumanida o‘z fikrlarini bildirdi.

“Biz ko‘p hujum qildik, lekin futbolda gollar ahamiyatli. Penaltilar seriyasida ular bu ishni yaxshiroq uddaladi. Penaltilar jarayonida yutish va yutqazish holati yonma-yon yuradi. Albatta g‘alabani juda xohlagandim. “Real”ni tabriklayman. Biz bor imkoniyatimizni ishga soldik, barcha jabhalarda ustunlik qildik. Faqat g‘alabaga erisha olmadik. Bernardu Silva penalti tepmoqchi ekanligini va bunga ishonchi komil ekanligini aytdi, lekin buni uddaladi”, deydi Gvardiola.

Shunday qilib, “Manchester Siti” YeCHLdagi yurishini chorak finalda yakunladi. Turnir yarim finalida “Real” “Bavariya” bilan, PSJ “Borussiya” bilan to‘qnash keladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real” ustozi Karlo Anchelotti o‘yindan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Manchester Siti Xosep Gvardiola

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing