Biz faqat o‘zimizni o‘ylaganimiz uchun fuqarolarimiz muhojirlik azobini tortyapti –  Imomali Rahmon

Olam

image

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon xorijdagi tojik muhojirlari o‘limidan xavotir bildirdi. Bu haqda u bugun, 28 dekabr kuni mamlakat parlamentidagi yillik murojaatida gapirib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, har yili tojikistonlik muhojirlarning yuzlab jasadlari vataniga keltiriladi. U aniq statistik ma’lumotlarni keltirmagan.

“Men xorijdagi muhojirlarning turmush sharoitini yaxshi bilaman. Biz uyalmaymizmi? Nafaqat erkaklar, minglab tojikistonlik ayollar migratsiyada. Bizda g‘urur bormi? Har yili farzandlari uchun ro‘zg‘or tebratish maqsadida mamlakat tashqarisiga chiqqan yuzdan ortiq tojikistonlik muhojirlarning jasadi vataniga olib kelinmoqda. Chunki biz, rahbariyat yuqoridan pastgacha faqat o‘zimizni o‘ylaymiz!” deydi Prezident.

Tojikiston hukumati joriy yilda bir necha bor rasmiy darajada o‘z fuqarolarining ommaviy hibsga olinishidan xavotir bildirgan. Joriy yilning may oyida Tojikiston Ichki ishlar vazirligi rahbari Ramazon Rahimzoda rossiyalik mavqedoshi Vladimir Kolokolsevdan tojikistonlik talabalarning huquq-tartibot idoralari tomonidan kaltaklanishi ishini nazoratga olishni so‘ragan edi. Keyinroq Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning Tojikistondagi elchisi Semyon Grigorevni chaqirib, unga tojik fuqarolarining ommaviy hibsga olinishidan xavotir bildirgan.

Imomali Rahmon vaqti-vaqti bilan Rossiya rasmiylari bilan uchrashuvlar chog‘ida Tojikiston fuqarolariga migratsiya amnistiyasi joriy etilishini va qonuniylashtirish tartib-qoidalarini soddalashtirishni so‘raydi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Imomali Rahmon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing